Yangi loyihalar uchun ochiqman

Salom, men Khurshid Mirzajonov Backend Developer.

Hozirda pDaftar kompaniyasida backend developer bo'lib ishlayman. Bo'sh vaqtimda Taqseem va Avtovodiy nomli shaxsiy loyihalarim ustida ishlayman. POS tizimlari ishlab chiqishda ham tajribam bor.

3+ yil tajriba
10+ tugatilgan loyiha
2 shaxsiy product
Khurshid Mirzajonov
Backend
Engineer
Scalable
Architecture
Men haqimda

Bir necha so'z o'zim haqimda

Salom! Men Khurshid Mirzajonovman. O'zbekistonda yashayman va backend developer bo'lib ishlayman.

Hozirda pDaftar kompaniyasida ishlayman. Bo'sh vaqtimda Taqseem va Avtovodiy nomli shaxsiy loyihalarim ustida ishlayapman. Bundan tashqari POS tizimlarini qurishda ham qatnashganman.

Kod yozishni shunchaki ish deb emas, mahsulot yaratish jarayoni sifatida ko'raman. Yangi narsalar o'rganishni va ularni amalda qo'llashni yoqtiraman.

Yo'nalishlar

Nimalar bilan shug'ullanaman

Ish vaqtimda va shaxsiy loyihalarda ko'p ishlatadigan yo'nalishlarim.

Backend Development

Server tomondagi mantiq, autentifikatsiya, avtorizatsiya va modulli kod yozish.

REST API

Tushunarli, qulay va xavfsiz REST API'lar yozaman. Hujjatlashtirilgan endpointlar.

Database

Schema dizayni, indexing va so'rovlarni tezlashtirish bilan ishlash.

POS Tizimlari

Savdo, kassa va hisobot bilan bog'liq POS modullarini ishlab chiqishda qatnashganman.

Microservices

Tizimni alohida servislarga bo'lib, ularni o'zaro bog'lash bilan ishlayman.

Docker & Deploy

Loyihalarni Docker bilan paketlash va serverga chiqarish.

Tajriba

Mening karera yo'lim

Hozirda

Backend Developer

pDaftar

pDaftar mahsuloti uchun backend qismida ishlayman. Yangi funksiyalar yozish, API'larni rivojlantirish va kod sifatini saqlash mening kundalik vazifalarim.

Loyiha tajribasi

POS Tizimlari ishlab chiqish

Savdo / Xizmat ko'rsatish sohasi

Savdo nuqtalari uchun POS yechimlarini ishlab chiqishda qatnashganman. Kassa, smena va hisobot modullari bilan tajribam bor.

Doimiy

Mustaqil Mahsulotlar

Taqseem · Avtovodiy

Bo'sh vaqtimda shaxsiy loyihalarim ustida ishlayman. G'oyadan boshlab to'liq backend, deploy va kichik mahsulot qarorlarini o'zim qabul qilaman.

Loyihalar

Tanlangan ishlarim

Shaxsiy mahsulotlarim va men ishtirok etayotgan asosiy loyihalar.

Taqseem logo 500+ foydalanuvchi

Taqseem

Tannarx va foyda hisoblash ilovasi

Shaxsiy loyiha

Ishlab chiqarish biznesi uchun moliyaviy yordamchi ilova. Mahsulot tannarxini hisoblash, kunlik foydani real vaqtda kuzatish va xarajatlarni nazorat qilish imkonini beradi. Nonvoyxona, somsaxona, shirinlik sexi va boshqa kichik ishlab chiqarish bizneslari uchun mo'ljallangan.

  • Tannarx kalkulyatsiya
  • Foyda hisoboti
  • Mobile app
  • Multi-til
  • Offline rejim
taqseem.uz
Avtovodiy 100% bepul

Avtovodiy

Avtomobil e'lonlari platformasi

Shaxsiy loyiha

O'zbekistondagi zamonaviy avtomobil e'lonlari platformasi. Mashina oldi-sotdisi, qulay qidiruv, kategoriyalar va sotuvchi bilan bevosita yozishish imkoniyati. OTP orqali xavfsiz autentifikatsiya va ichki chat tizimi.

  • E'lonlar platformasi
  • OTP Auth
  • Real-time chat
  • Qidiruv & filtrlar
  • Mobile app
avtovodiy.uz
pDaftar 5,000+ biznes

pDaftar

Qarz daftari va bo'lib-bo'lib to'lov

Ish joyim

Qarz daftari va bo'lib-bo'lib to'lov sotuvlari uchun ilova. Mijozlar qarzini qog'oz daftarsiz boshqarish, SMS va Telegram orqali avtomatik eslatmalar, ko'p biznesni bitta hisobdan yuritish. Hozirda 5,000+ biznes ishonib foydalanmoqda.

  • Qarz daftari
  • Bo'lib-bo'lib to'lov
  • SMS / Telegram bot
  • Multi-business
  • Cloud sync
pdaftar.uz
Bog'lanish

Loyihangiz bormi? Gaplashamiz.

Yangi imkoniyatlar, hamkorlik yoki maslahat uchun har doim ochiqman. Eng tezkor javob — Telegram.